«Britaniyaga yangi Uinston Cherchill kerak»: deputat yadro qurolidan foydalanish ehtimoli vaqtini aytdi
- 03.09.2022 11:05
- 113
- Xorij
Kelgusi o‘n yil ichida dunyoda taktik yadro quroli qo‘llanilishi mumkin, dedi Britaniyaning hukmron Konservativ partiyasi deputati Tobias Ellvud Times Radio efirida.
Uning fikricha, bu xalqaro maydonda keskinlik kuchayishi bilan bog‘liq.
"Biz nihoyatda og‘ir o‘n yillikda yashayapmiz. Dunyomiz o‘zgaradi. Qanchalik qo‘rqinchli eshtilmasin, biz kelgusi o‘n yil ichida taktik yadro qurolidan foydalanishni ko‘ramiz", deb tan oldi Ellvud.
Parlamentariyning fikricha, Britaniyaga mamlakatga “juda og‘ir” o‘n yillikdan omon qolishga yordam beradigan “yangi Uinston Cherchill” kerak.
Mamlakat bosh vaziri o‘rindig‘i uchun kurashda ishtirok etayotgan Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Liz Truss avvalroq, agar kerak bo‘lsa, yadro qurolini ishga tushirish tugmachasini bosishga tayyor bo‘lishini aytgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa