Bu yilgi saylov yangi qoidalar asosida o‘tkaziladi
Bu yilgi saylovning ahamiyatli tomoni nimada? Okrug saylov komissiyalari a’zolarining vazifalari nimalardan iborat? Saylov jarayonida jamoatchilikning o‘rni qanday bo‘lishi kerak?
Davlat boshqaruvi akademiyasida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zolari uchun boshlangan o‘quv-seminar shu va saylov bilan bog‘liq dolzarb masalalarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.
Barcha viloyatlar qatori 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi a’zolari ham seminarda onlayn tarzda ishtirok etdi.
- Bu yil birinchi marta saylov mamlakatimizda qabul qilingan Saylov kodeksi asosida o‘tkaziladi, - deydi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi a’zosi Feruza Xonkeldiyeva. - Kodeksning ishlab chiqilishida 20 dan ortiq xorij davlatlarining tajribasi o‘rganilgani, xalqaro tashkilotlarning takliflari ko‘rib chiqilgani ahamiyatli. Qolaversa, chet davlatlarda yashovchi fuqarolarning saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi bo‘yicha tartiblar belgilanishi ham har bir fuqaroning huquqi ta’minlanishiga xizmat qiladi. Seminar davomida saylov jarayoni bilan bog‘liq muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldik.
Gulruh Mo‘minova.