Bugun Energetiklar kuni
«Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Jomboy tumani elektr ta’minoti korxonasi aholiga namunali xizmat ko‘rsatish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanmoqda.
- Korxonamiz tomonidan «Obod qishloq» dasturi asosida Kattaqishloq, Beshbola, Eski Jomboy mahallalari hududidagi qishloqlarda, shuningdek, Jomboy shaharchasida 10 ta yangi transformator o‘rnatildi. 434 kilometr yangi elektr liniyalari tortildi, - deydi korxona rahbari Sherzod Hotamov. – Eski elektr liniyalarini ta’mirlash, yangilash ishlari davom etmoqda. Bu harakatlar aholi va elektr iste’molchilari bo‘lgan korxona-tashkilotlarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlaydi.

Tohir NORQULOV.