Bugun Ishtixonda "MADINA RED STAR" tikuv fabrikasi ishga tushdi
- 22.02.2019 19:58
- 221
- Iqtisodiyot
Ishtixon tumani Namuna mahallasida "MADINA RED STAR" tikuv fabrikasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘nlab turdagi kiyim-kechaklar, uy ro‘zg‘or uchun zarur anjomlar ishlab chiqishga mo‘ljallangan sexning asosiy ishchilari xotin-qizlardir.
43 nafar og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Alimova ishtirok etdi.
