Bugun Jom qishlog‘ida 63 yoshli onaxon umrida birinchi marta pasport oldi
- 18.04.2018 13:44
- 428
- Samarqand
- Jom qishlog‘idagi 10 nafar keksa otaxon va onaxonlarga biometrik pasport topshirdik, - deydi Nurobod tumani IIBM va FRB boshlig‘i Abdurafiq Jabborov. - Jom qishlog‘ida 933 nafar fuqaro qabul qilinib, shu vaqtga qadar tayyor bulgan biometrik pasportlar egalariga topshirilmoqda. Yana 91 nafar keksa va nogironlar uylariga borib, biometrik pasport olishi uchun hujjatlari rasmiylashtirildi.
Ommaviy qabul davom etyapti.