Bugun ommaviy qabul Samarqandda
Xalq bilan muloqot qilish va "mahallabay" ishlash tizimini yanada takomillashtirish, joylarda uchrayotgan muammolarga tezkor yechim topish maqsadida Respublika ishchi guruhining ommaviy qabuli Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida o‘tkazilmoqda.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokuror, Ichki ishlar vaziri, shuningdek, Soliq qo‘mitasi, Prezident Xalq qabulxonalari va boshqa vazirlik, idoralar rahbarlari ishtirok etib, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Navoiy viloyatlari aholisining murojaatlarini eshitmoqda.
Shuningdek, Samarqand viloyati hokimligi, boshqarma va idoralar mas’ullari shu yerda murojaatchilarni qabul qilib, ularning muammo va takliflarini eshitmoqda.
Har bir murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, qonun doirasida hal etish choralari ko‘rilmoqda.