Bugun - O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavallud topgan kun

Bugun 1 mart - O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavallud topgan kun, bahorning ilk sanasi. Sana munosabati bilan xotin-qizlar qo‘mitalari tashabbuskorligi ostida ta’lim muassasalari, mahallalarda turli anjumanlar, badiiy chiqishlar boshlandi.
Sahnada - Zulfiyaxonim izdoshlari
Zulfiyaxonim tavallud topgan kun munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on shahar 16-umumta’lim maktabi xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotlari rahbarlari uchun seminar o‘tkazildi.
Unda maktab o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan ochiq darslar, maktabdan tashqari to‘garaklar faoliyati kuzatildi. "Men Zulfiyaxonim izdoshiman" mavzusida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan adabiy badiiy chiqish namoyish etildi. Tadbir yakunida shahar hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F. Rahimova tomonidan shahardagi iqtidorli qizlarga faxriy yorliqlar topshirildi.
Xuddi shunday tadbirlar viloyatdagi barcha ta’lim muassasalarida o‘tkazilmoqda.
Lider qizlar dugonalariga o‘rnak
Jomboy tuman xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 8-Mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tumandagi umumtalim maktablarida tarbiyasi og‘irligi uchun nazoratga olingan 10 nafar qizlar va tengdosh-tengdoshga yo‘nalishida ularga biriktirilgan “Qizlarjon klubi”ning 20 nafar lider qizlari uchun “O‘zbekistan bo‘ylab sayohat qil” dasturi asosida Samarqand shahriga sayohati tashkil etildi. Qizlarga tuman xotin-kizlar qo‘mitasi tomonidan badiiy kitoblar sovg‘a kilindi.