Bugun Rossiyada o‘zbekistonlik 4 nafar bokschi ringga ko‘tariladi

Bugun, 1 fevral kuni Rossiyaning Kaliningrad shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar bermoqda.

Ushbu boks kechasida biryo‘la to‘rt nafar o‘zbek bokschisi ringga ko‘tariladi. Kecha bokschilar taroziga chiqishdi. Shukurjon Rahimov 59,7 kilogramm, Rustam To‘laganov 79,3 kilogramm, Odiljon Aslonov 73,2 kilogramm va Ulug‘bek Mubinov 114 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tariladi.

O‘zbekistonlik bokschilar quyidagi raqiblarga qarshi jang qiladi: Rustam To‘laganov (2-0-0) - Norbert Darovski (23-8-2) (Polsha), Odiljon Aslonov (1-0-0) - Snamiso Ntuli (4-3-0) (JAR), Ulug‘bek Mubinov (debyut) - Srdan Govedarisa (7-8-0) (Bosniya), Shukurjon Rahimov (debyut) - Ripfumelo Chikvambana (6-3-0) JAR.

Eslatib o‘tamiz, jang oqshomi bugun Kaliningraddagi “Yantarniy” sport majmuasida tashkil etiladi.