Bugun Samarqandda 13 kishi koronavirusga chalindi
2020 yil 21 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 37 825 (+132) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 102 nafari Toshkent shahrida, 13 nafari Samarqand viloyatida, 8 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda 3 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli X.A. (erkak) hamda 44 yoshli R.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 33 442 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (88 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 4 127 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 255 nafari og‘ir, 66 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.