Bugun Samarqandda investitsion faoliyatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ilk xalqaro seminar bo‘lib o‘tadi

Samarqand shahrida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh Prokuratura va BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasi Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi hamkorligida “Investitsion faoliyatda korrupsiya holatlarining oldini olish va qarshi kurashish” mavzusidagi xalqaro seminar o‘z ishini boshlaydi.

Mazkur tadbir “Ipak yo‘li Iqtisodiy Kamari bo‘ylab joylashgan davlatlarda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash orqali barqaror rivojlanishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.