Bugun tug‘ilgan kun: Tohir Norqulov

Mohir va tajribali fotosuratchi Tohir Norqulov 1946 yil 6 avgustda Narpay tumanida tug‘ilgan.
55 yildan buyon qo‘lidan fotoapparat tushmaydi. Garchi bugun 75 yoshni qarshilagan bo‘lsa-da hamon sevgan kasbi bilan shug‘ullanishdan erinmaydi.

Tohir aka yarim asr mobaynida Samarqand va poytaxtimizdagi qator tahririyatlar bilan hamkorlik qilib keladi. O‘nlab gazeta sahifalarida u kishi fotolavha tayyorlab yoritmagan soha, tashkilot qolmadi hisob. Shu vaqt ichida Tohir aka tushirgan suratlar bir-ikkita muzeyni obod qiladi.

O‘zining 75 yoshini qarshilagan ustoz jurnalistga salomatlik, ijodiy barkamollik tilaymiz. Quyida Tohir akaning "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalidan olgan fotolavhalaridan ayrimlarini e’tiboringizga havola qilamiz. Darvoqe, Tohir Norqulov ushbu xalqaro festivalga kelgan dunyo san’atkorlarini fototasmaga tushirgan eng mohir fotomuxbir sanaladi.