Bugungi kunda Samarqandda 472 mingdan ortiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ob’yekt bor
Bu ma’lumot Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi va Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumani aytildi.
- Aholimizni bugungi kunda kadastr sohasi bo‘yicha ko‘proq qiziqtiradigan savollardan biri egaligi mavjud bo‘lmagan uy-joylarga egalik huquqini belgilash bo‘yicha bo‘lmoqda, - deydi Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Fozil Xudoyqulov. – Bugungi kunda viloyatimizda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ob’yektlar soni 472 ming 880 tani tashkil etmoqda. Shundan 35 ming 348 ta ob’yektda huquqiy hujjatlari mavjud, biroq ular davlat ro‘yxatidan o‘tmagan. Huquqiy hujjatlari mavjud bo‘lmagan ob’yektlar soni 437 ming 532 tani tashkil etadi.
Matbuot anjumanida ma’lumot berilishicha, kadastr xodimlari planshetlar bilan ta’minlanishi ish unumdorligining ortishi va vaqt tejalishiga, qog‘ozbozlikning kamayishi va raqamlashtirishdagi qiyinchiliklarning bartaraf etilishiga olib kelgan. Misol uchun, 2023 yil 6 oyda 604 ta yer qonunchiligi qonunbuzilish holatlari aniqlangan bo‘lsa, planshetlar orqali ish boshlangandan keyin joriy yilning mos davrida 1912 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilgan.
O‘ktam Xudoyberdiyev,
Husan Eltoyev (foto).