Bugunning savoli: Shaharda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma shaxsiy avtomobillarga hamberiladimi?

Telegram botimizga Mohinur Karimova nomidan quyidagi savol kelib tushdi:

- Ertadan boshlanadigan avtotransport cheklovlari Samarqand shahriga ham taalluqli ekan. Shaharda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma olish davlat raqamli avtomobillarga beriladimi yoki shaxsiy avtomobillarga hammi?

Ertaga shaxsiy mashinamizda ishga borishimiz kerak. Shuning uchun maxsus ruxsatnoma olish uchun Samarqand shahar davlat xizmatlari markaziga qo‘ng‘iroq qilib so‘rasak, shaxsiy avtomobilga berilmaydi, deyishdi. Shu to‘g‘rimi?

Ushbu savolni Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasiga jo‘natdik va javob quyidagicha bo‘ldi:

- Hurmatli fuqaro, maxsus ruxsatnoma hozircha faqat quyidagi avtotransport vositalari harakatlanishi uchun beriladi:

- oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari, shuningdek, mazkur tashkilotlarda doimiy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalariga;

- sanitariya va gigiyena mahsulotlarini (koronavirus infeksiyasidan himoyalovchi va dezinfeksiya qiluvchi vositalar) ishlab chiqaruvchi va chakana savdo, dorixona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning avtotransport vositalariga.

Jismoniy shaxslar uchun ham maxsus guvohnoma berilishi yuzasidan ma’lumot berib boriladi.