Bulung‘urdagi 23-maktabning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
![](https://static.zarnews.uz/crop/2/2/720__80_22f76e9a40b828fc09793fe427a4c561.jpg?img=self&v=1589101691)
Bundan tashqari, 2016-2017 yillarda tug‘ruq ta’tilida bo‘lgan maktabning 5 nafar o‘qituvchisiga kredit va boshqa to‘lovlar uchun 22 mln. 728 ming 500 so‘m va ish haqi sifatida 26 mln. 517 ming 500 so‘m, jami 49 mln. 246 ming so‘m pul mablag‘lari o‘qituvchilar shu vaqtda ishlamagan bo‘lsalar-da, ularning nomlaridan vedomostlar soxtalashtirilib, byudjet mablag‘lari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilingan.
Bulung‘ur tumanidagi 23-umumta’lim maktabi mansabdor shaxslari tomonidan jami 52.998.000 so‘mlik byudjet mablag‘lari o‘zlashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tumani prokuraturasi tomonidan O‘z.R JKning 167-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.