Bulung‘ur tumanining sobiq hokimi ichki ishlar tizimida mas’ul lavozimga tayinlandi

Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda podpolkovnik Bahodir Bahromov mazkur boshqarma rahbari sifatida tanishtirildi.

B.Bahromov ushbu tayinlovga qadar 2017 yil avgust oyidan 2021 yil 22 dekabrga qadar Bulung‘ur tumani hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Bundan avval esa u ichki ishlar tizimida, xususan, Samarqand shahar IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.