Endi Bulung‘ur tumani hokimining yana uch oilasi bor
- 07.05.2020 14:03
- 942
- Samarqand
Bulung‘ur tumani hokimi Bahodir Bahramov bugun Mingchinor va Bulung‘ur mahallalarida uyma-uy yurib, aholining yashash tarzi bilan tanishdi.
Tuman hokimligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, xonadonlarga kirish chog‘ida oila a’zolarining ayni paytda nima bilan mashg‘ulligi, tomorqadan samarali foydalanishiga e’tibor qaratildi. Aholi bilan suhbat davomida ularning qaysi faoliyati bilan shug‘ullanishga ishtiyoqi borligi, qanday yordam ko‘rsatilsa, kelgusida o‘z sharoitini o‘zlari eplab ketishi mumkinligini o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim ikki mahalladagi uch oilani o‘z qaramog‘iga oldi. Bu oilalarga ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan yordam turi, davomiyligi aniq belgilab olindi. Ularning ijtimoiy qiyin vaziyatdan chiqib ketishi uchun tuman hokimi tomonidan zarur yordam ko‘rsatiladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ro‘zada narx oshmaydi
- Bugun, 18:52
- Samarqand
Inson salomatligi bilan bog‘liq afsonalar
- Bugun, 18:09
- O'qing, qiziq!
Seminar ziyorat bilan boshlandi
- Bugun, 17:53
- Samarqand
Topganimiz to‘yga buyurishi shart emas
- Bugun, 14:40
- Mutolaa
Insonning eng sermahsul davri qachon?
- Bugun, 14:07
- O'qing, qiziq!