Samarqand shahridagi “Kaftarxona”, Bulung‘ur tumanidagi “Sohibkor” mahallalari hududidagi ayrim ob’yektlar davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olinadi

Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazish to‘g‘risida”gi  ning Qarorida belgilandi.

Quyida qaror matni bilan tanishasiz.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’yektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan davlat dasturining 281-bandiga asosan Samarqand shahrida O‘zbekiston xalq shoiri va baxshisi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li tavalludining 150 yilligini munosib nishonlash va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Bulung‘ur tumani “Sohibkor” mahallasida Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li muzeyini qurish munosabati bilan 1 ta ob’yekt (turar joy) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 fevraldagi “2021-2022 yillarda Samarqand shahrining infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli ishlarni amalga oshirish va turizmni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi PQ-4999-sonli hamda 2021 yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5048-sonli qarorlari ijrosi doirasida Samarqand shahar “Kaftarxona” mahallasi hududidagi 6-sonli oilaviy poliklinikaning Kaftarxona filiali binosini zamon talablari asosida kengaytirgan holda qayta qurish munosabati bilan 1 ta  ob’yekt (noturar joy), viloyat hokimi o‘rinbosari A.Shukurovning 174/01-30-sonli bildirgisi va “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armadan mablag‘ ajratish bo‘yicha viloyat hududiy kuzatuv Kengashi”ning 2022 yil 25 fevraldagi 14-sonli yig‘ilish bayonlariga muvofiq, mulkdorlardan yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish yuzasidan tayyorlangan taqdimot materiallarini ko‘rib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq ellik sakkizinchi sessiyasi QAROR QILADI:

  1. O‘zbekiston xalq shoiri va baxshisi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li tavalludining 150 yilligini munosib nishonlash va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Bulung‘ur tumani “Sohibkor” mahallasida Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li muzeyini qurish munosabati bilan 1 ta ob’yekt (turar joy) hamda Samarqand shahar “Kaftarxona” mahallasi hududidagi 6-sonli oilaviy poliklinikaning Kaftarxona filiali binosini zamon talablari asosida kengaytirgan holda qayta qurish munosabati bilan 1 ta ob’yekt (noturar joy) mulkdoridan yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish yuzasidan tayyorlangan taqdimoti ma’qullansin.
  2. Viloyat hokimi o‘rinbosarlari (J.O‘roqov, A.Shukurov), Samarqand shahar hokimligi (F.Umarov) va Bulung‘ur tuman hokimligi (S.Astonov) Samarqand shahrida O‘zbekiston xalq shoiri va baxshisi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li tavalludining 150 yilligini munosib nishonlash va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Bulung‘ur tumani “Sohibkor” mahallasida Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li muzeyini qurish munosabati bilan hamda Samarqand shahar “Kaftarxona” mahallasi hududidagi 6-sonli oilaviy poliklinikaning Kaftarxona filiali binosini zamon talablari asosida kengaytirgan holda qayta qurish munosabati bilan ilovaga muvofiq mulk egalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi 911-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’yektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida ochiq muhokamalar o‘tkazishga rozilik berilsin.
  3. Viloyat hokimligi Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va kompensatsiya berish ishlarini muvofiqlashtirish sho‘’basi (N.Qudratov) ushbu qarorni hokimlikning rasmiy saytida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishini ta’minlasin.
  4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (O‘.Saidmurodov) va viloyat hokimining o‘rinbosari (A.Shukurov) zimmasiga yuklansin.

 

Sessiya raisi                                                      Sh.Yo‘ldoshev

 

2022 yil 2 mart

 

Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022 yil 2 martdagi VI-58-42-7-0-K/22-son qaroriga ilova

 

Samarqand shahar “Kaftarxona” mahallasi hududidagi 6-sonli oilaviy poliklinikaning Kaftarxona filiali binosini zamon talablari asosida kengaytirgan holda qayta qurish munosabati bilan hamda “Respublika baxshichilik san’ati festivali”ni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Bulung‘ur tumani “Sohibkor” mahallasida hududidagi ob’yektlar mulkdorlari

R O‘ Y X A T I

Ob’yekt egasining F.I.Sh

Ob’yekt joylashgan manzil

Ob’yekt nomi

1

Zakiryayev Odil Mamashofiyevich

Samarqand shahar, Kaftarxona mahallasi

noturar joy

2

Abduqodirova Muhabbat Suvonqulovna

Bulung‘ur tumani Sohibkor mahallasi

turar joy