“Buning uchun men uzr so‘rayman”: "Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" rahbari korxona mansabdor shaxslarining ijtimoiy tarmoqlardagi agressiv munosabati uchun chora ko‘rilganini bildirdi

Oldinroq saytimizda “Svetingiz bo‘lmasa o‘zingiz ishlab chiqaring, ayb o‘zingizda”: Samarqand elektr tarmoqlari mansabdori elektrdan shikoyat qilgan fuqaroga shunday javob berdi” sarlavhali xabar e’lon qilingan edi.

Korxona rahbari G‘anisher Mamatqulov holatdan xabar topgach, zudlik bilan yuqoridagi mansabdorlarga chora ko‘rilganini ma’lum qildi.
Mamatqulovga ko‘ra, fuqaroning elektr ta’minoti bo‘yicha shikoyat qilgan fuqarolarga qo‘pol munosabatda bo‘lish holati oldin ham kuzatilganini hisobga olib korxona axborot xizmatiga yangi rahbar tayinlangan.