Buyuk fizik – skripkachi, taniqli kinoyulduz - kashfiyotchi

Fan va san’atda buyuk kashfiyotlar qilishiga qaramay mashhur olim va kinoyulduzlar boshqa qobiliyatlari bilan ham nom qozongan.

Masalan, Albert Eynshteyn skripka chalishni jonu dilidan yaxshi ko‘rgan. Germaniyada yashagan vaqtida bir kuni xayriya konsertida ishtirok etgan. Uning sozandaligidan hayratda qolgan mahalliy jurnalistlar gazetada “Albert Eynshteyn - tengsiz skripkachi”, deya bu san’ati bilan barchani lol qilganini yozgan.
Taniqli fizik ushbu gazetani ancha vaqt saqlab yurgan va do‘st-u yaqinlariga “Men olim emas, mashhur skripkachiman” deb faxr bilan ko‘rsatgan.

***

Gollivud filmlarida sohibjamol ayol tez-tez uchraydi. Bu avstraliyalik aktrisa Xedi Lamarrdir.
1930-1940 yillarda u AQShda paydo bo‘ldi. Ammo kinoyulduz iste’dodli aktrisa bo‘lishdan tashqari, fan bilan ham shug‘ullangan. U torpedalarni distansion boshqarish tizimi uchun patent olgan. Hozirgi paytda foydalanilayotgan simsiz tarmoq - Wi-Fi chastotasi texnologiyasini ishlab chiqqan.

Tayyorlovchi: T.Shomurodov.