Buyuk fizik Stiven Xokingning hayotni anglab olish bo‘yicha maslahatlari

Fizika sohasidagi daholardan biri Stiven Xokingning ilmiy kashfiyotlari kelajakdagi ilmiy ishlanmalarga asos  bo‘la oldi.

Olim 2018 yilda vafot etdi. Jiddiy (falajlik) kasalligiga qaramay, bu noyob shaxs ilm-fanga ulkan hissa qo‘shgan. Shifokorlar unga bir necha yil umr ko‘rishini aytishdi, biroq u uzoq umr ko‘rdi va o‘z umrini koinotni kashf etishga bag‘ishladi.

U hayotni sevar edi, shu sabab cheklovlarini imkoniyatlarga aylantira oldi. “Aql-idrok – bu o‘zgarishlarga moslashish qobiliyati” deb hisoblashi bois oldinga siljishni to‘xtatmadi. Iste’dodli daho, qiziquvchan o‘qituvchi xolislik qilib ko‘p narsani tushunishga intildi va kishilarni maftun qildi.

Kunlarning birida u quyidagi tartibdagi uch bosqichli maslahat berdi:

Birinchidan, oyoqlaringizga emas, yulduzlarga qarang.

Ikkinchidan, hech qachon taslim bo‘lmang. Ish faoliyatingiz sizga ma’no va maqsadni beradi, bularsiz esa hayot ma’nosiz.

Uchinchidan, agar muhabbatni topish baxtiga muyassar bo‘lsangiz, uni borligiga ishoning va qadriga yeting.

Xoking e’tiborni hayot me’yorlaridan kattaroq narsalarga qaratish kerakligini aniq ko‘rsatib beradi. “Yurishdan bosh tortgan oyoqlar bilan cheklanib qolmaslik, oldinga siljish, o‘rganish va ishlashni davom ettirish uchun foydalanishingiz mumkin bo‘lgan juda ko‘p manbalar mavjud”, deydi u.

Hech qachon ishdan voz kechmaslik – bu juda muhim maslahat, ayniqsa, oz miqdordagi pulga ega bo‘lgan bir paytda, o‘zi uchun vaqt ajratib, masalan plyajda yoki biror bir sihatgohda dam olish ham baxtli hayot uchun yetarlidir.

Agar kulgili bo‘lmaganida edi, hayot fojiali bo‘lgan bo‘lardi, dedi bir kuni Xoking.

Bu sodda iborada insonning haqiqiyligini qayta aniqlash kuchi,  uni tanlash va his qilish qobiliyatining darajasi mujassamlangan. Biz juda ko‘p narsani uddasidan chiqamiz, shunchaki ko‘zingizni oching va atrofga nazar soling.

 

Va nihoyat, eng muhimi, Xoking bizga minnatdorchilikni o‘rgatdi.

Minnatdor bo‘lish baxtning asosiy shartidir. Bugun sizga omad kulib boqdi. Buni his qiling, ijod qiling, yarating va albatta atrofdagilaringizni, hayotni sevib yashang.

Bahora Muhammadiyeva tarjimasi.