Byurokratiya va qonun buzilish ko‘payib ketgani uchun o‘tgan hafta Favqulodda vaziyatlar vaziri va uning o‘rinbosarlari ishdan olindi — Prezident

Dalvat rahbari ishtirokidagi yig‘ilishda korrupsiyani tag-tomiri bilan quritish uchun avvalo inson omili va qog‘ozbozlikni kamaytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ma’lum qilindi.

Masalan, aholiga yer berish jarayonida fuqarolari hokim va o‘nga yaqin idoralar o‘rtasida sarson bo‘lib yurardi. Umuman, bu soha korrupsiya “o‘chog‘i”ga aylangan edi.

Yerni hokim qarori bilan ajratishdan to‘liq voz kechilib, auksion tizimiga o‘tilgani natijasida bu tizim xalqchil bo‘ldi.

Qurilish sohasi eng korrupsiyalashgan sohalardan biri edi. “Shaffof qurilish” dasturi joriy etilganidan keyin bu yo‘nalishda ham ijobiy o‘zgarishlar sezilmoqda.

Ilgari investitsiya dasturiga kirgan ob’yektlarni quradigan pudratchilar mingtaga ham yetmasdi. O‘tgan yili 13,5 mingta ob’yekt qurilishida 4 mingdan ziyod pudratchi ishtirok etdi. Soha raqamlashgani hisobiga o‘tgan 4 yilda 3,6 trillion so‘m byudjet mablag‘i tejaldi.

Lekin qurilishga ruxsat berish, binoni topshirishda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha byurokratiya va qonun buzilish ko‘payib ketgani uchun o‘tgan hafta favqulodda vaziyatlar vaziri va uning o‘rinbosarlari ishdan olindi.