«Centrum Air» xususiy aviakompaniyasining ilk samolyotlari «Toshkent» aeroportiga kelib qo‘ndi

18 yanvar kuni «Centrum Air»ning ikkita samolyoti «Toshkent» xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Airbus A320-232 kompaniyaning birinchi yo‘lovchi samolyotlari bo‘ldi.

«Centrum Air» o‘zini loukoster sifatida tanishtirgan bo‘lib, arzon ichki va tashqi tashuvlarni amalga oshirish hamda raqobatbardosh sifatga erishishni maqsad qilgan.

«My Freighter» xususiy yuk kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan aviatashuvchi yaqin kelajakda yana bir yo‘lovchi borti — Boeing 737 ni sotib olishni rejalashtirgan.