«Chegara bilmas reportyorlar» dunyoning 37 nafar "erkin matbuot dushmanlari"ni e’lon qildi

Ushbu nodavlat tashkiloti fikriga ko‘ra, 37 kishilik ro‘yxatga jurnalistlarni qattiq ta’qib, ishiga to‘sqinlik qiladigan va ishini qiyinlashtiradigan davlat rahbarlari kiritilgan. Bundan tashqari, hisobotda ta’kidlanganidek, har biri "o‘ziga xos individual uslubga ega".

Ro‘yxatga birinchilardan bo‘lib Yevropa Ittifoqi vakili kirdi. Bu – Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban. " Chegara bilmas reportyorlar" aytishicha, u ishga kirishishi bilan muntazam ravishda mustaqil ommaviy axborot vositalarini o‘z nazorati ostiga oldi va ayni paytda hukumat tanqidchilarini kichik onlayn-portallarga siqib chiqarib, o‘z maqsadiga erishdi.

Ro‘yxatda yana bir ishtirokchi - Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon. "Chegara bilmas reportyorlar" bu qirollikni jurnalistlar uchun dunyodagi eng katta qamoqxona deya nomlashdi. Bu yerda hukumat hech qanday erkin ommaviy axborot vositalariga toqat qilmaydi.

Pandemiya va karantin choralari atrofida "iflos ritorika" uchun tanqid qilinayotgan Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru ham pressa "dushmani"ga aylandi.

«Reportyorlar» Rossiya va Xitoyga alohida munosabatda: ushbu mamlakatlardan ikkitadan kishi ro‘yxatga kiritildi. Prezidentlar Vladimir Putin va Si Szinpin uzoq vaqtdan beri ushbu ro‘yxatda turibdi. Bu yil esa ularga mintaqa rahbarlari: Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va avtonom Gonkong rahbari Keri Lam qo‘shildi.

Birinchi marta "dushmanlar" orasida ikkita ayol bor: Keri Lam bilan Bangladesh Bosh vaziri Xasina Vazed.