Chegara bojxona postida psixotrop tabletkalar ushlab qolindi

“Jartepa” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro “yashil yo‘lak” orqali bojxona nazoratidan o‘tayotganda, unga tegishli bo‘lgan qo‘l sumkasi ichida dori vositalari borligi aniqlangan. Bu haqda Viloyat bojxona boshqarmasi xabar xabar bermoqda.

Xolislar ishtirokida fuqaroning sumkasi ko‘zdan kechirilganda, “Samnalin Zopiklon” nomli jami 90 dona psixotrop tabletkalar borligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.