Chet el fuqarolarini Rossiyaga ishga jalb qilishning yangi tartibi joriy etildi
Rossiya Federatsiyasi hududiga koronavirus infeksiyasi kirishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha tezkor shtab tomonidan mamlakatga chet el fuqarolarini ishga jalb qilish bo‘yicha harakatlar algoritmi tasdiqlangan.
Ushbu algoritmga muvofiq, chet el fuqarolarini ishga jalb qilish uchun ish beruvchi tashkilot quyidagi talablarga javob berishi kerak:
✅ milliy, federal yoki mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishi;
✅ shtatdagi xodimlari soni kamida 250 nafar bo‘lishi;
✅ daromadi 2 milliard rubldan ortiq bo‘lishi;
✅ soliqlardan qarzi yo‘q bo‘lishi.
«Rabota v Rossii» portalida ish beruvchi tashkilotlarning chet el fuqarolarini ishga jalb qilish bo‘yicha buyurtmalari shakllantiriladi, talabnomalari joylashtiriladi va mehnat migrantlarini Rossiyaga olib kirish bilan bog‘liq boshqa jarayonlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, mehnat migrantlari uchun transport, ovqatlanish, turar joy va karantin joylarini tashkil etish ish beruvchi tashkilot tomonidan ta’minlanishi kerak, deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida.