Chet el sarmoyasida nechta korxona ochildi?

2019 yil 11 oyda xorijiy kapital ishtirokida 153 ta yangi korxona ochildi. O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda chet el sarmoyasidagi korxonalar soni 37 taga ko‘paygan.

Xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan yangi korxonalarning asosiy qismi Samarqand shahri (50 ta), Jomboy hamda Samarqand  tumanlari (12 tadan), Qo‘shrabotda (11 ta), Past Darg‘om hamda Bulung‘ur tumanlarida (10 tadan), Kattaqo‘rg‘on shahri (9 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Eng kam xorijiy kapital ishtirokidagi korxona Narpay (1 ta), Paxtachi (3 ta), Nurobod, Ishtixon, Urgut va Toyloq tumanlari (4 tadan) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Jumladan, Xitoy kapitali bilan 30 ta, Turkiya 23 ta, Rossiya 22 ta, Janubiy Koreya sarmoyasi ishtirokida 12 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan. Xorijiy sarmoya ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilsak, asosan sanoatda 71 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 26 ta, savdo va qurilish 16 ta korxona tashkil etildi. Eng kam yo‘nalishlar esa axborot va aloqa 1 ta, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishida 2 ta, tashish va saqlashda 4 ta hamda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 8 ta sohalarida tashkil etilgan.

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.