"Chin so‘z — mo‘’tabar, yaxshi so‘z — muxtasar"
Samarqand viloyat sudida Alisher Navoiy ijodi va faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat sudining sudya va sud xodimlari, shuningdek tumanlaro, tuman va shahar sudlari sudya va sud xodimlari videokonferensaloqa orqali ishtirok etdi.
Ma’rifat soatida Navoiy dahosiga mehr, ilmga chanqoqlik, she’riyatga ehtirom, buyuk tariximizga cheksiz hurmat, shuningdek, Navoiy dahosi shaxsini, buyukligini ochib beruvchi, uning siyosiy salohiyati, davlatchilik tarixidagi shijoatli harakatlari, vatanparvar, bunyodkor, xalqparvar sifatidagi faoliyati, she’riyatdagi buyukligini tavsiflovchi ko‘pchilik bilmagan ma’lumotlar taqdim qilindi.
Samarqand viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi.