Chust pichoqlari. Ularning aslini nima uchun chet elliklar bizdan ko‘ra yaxshi biladi?

Chust o‘zining temirchilari yasagan pichoqlari bilan mashhur. Pichoqlar bozorda 7 ming so‘mdan 1 million so‘mgacha narxda sotiladi. Ularning aslini, ya’ni qimmatbaho metalldan tayyorlanganini o‘zbekistonliklardan ko‘ra chet ellik sayyohlar yaxshi biladi. Hatto rastalarga terilgan qator pichoqlar orasidan asl Chust pichoqlarini ajrata oladi. Sababi, ular O‘zbekistonga kelishlaridan oldin vatanimizga oid ma’lumotlar bilan tanishib, bu yerdagi asl mahsulotlar haqida axborotga ega bo‘ladi.

Chust pichoqlarining mashhurligi va sifatliligi shundaki, qancha ishlatmang, yillar davomida eskirmaydi.