Co‘rovnoma natijalari: 80 foiz ishtirokchilar dehqon bozorlarida mahsulotlar tekshirilmasligini aytmoqda
Telegram kanalimizda “Sizningcha, dehqon bozorlaridagi laboratoriyalarda mahsulotlarning sifati hozir ham tekshiriladimi?” savoli bilan so‘rovnoma o‘tkazildi.
Unda ishtirokchilarning atigi 10 foizi “Ha” javobida to‘xtalgan bo‘lsa, 79 foiz qatnashchilar “Yo‘q” deb javob bergan. 11 foiz respondentlar esa “Bilmayman” degan javobni belgilagan.
So‘rovnomada ayrim o‘quvchilar o‘zining fikr-mulohazalarini ham yozib qoldirgan. Xabaringiz bor, bozorlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan laboratoriya uchun deb namuna olinadi. So‘rovnoma ishtirokchilari shu holatga e’tibor qaratgan.
Misol uchun, Abdu Yakubov nomli akkaunt egasi “Bozorda laborant sotilayotgan narsalardan bitta-bitta yig‘ib chiqqunicha bozor tugaydi - hamma narsa sotilib bo‘linadi, bilmadim, uni qachon tekshiradi?” deya fikr qoldirgan. Respondentlardan yana bir esa bozorlardagi mahsulotlar agar tekshiruv o‘tkazilgan bo‘lsa, qog‘ozi xaridorlarga ko‘rinarli joyga qo‘yilsa, xursand bo‘lishini bildirgan.