Dabdabasiz 30 kishilik to‘y o‘tkazildi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida 30 nafardan ko‘p bo‘lmagan odamlar bilan to‘ylar o‘tkazilishi boshlandi.

“Mavjud vaziyatni yoshlarimiz ham to‘g‘ri qabul qilib, karantinga rioya qilgan holda nikohdan o‘tishmoqda”, deyiladi @Olmaliqhayoti kanalidagi xabarda.

Qanday ajoyib! Ilohim, yoshlar baxtli bo‘lsin. Baxt - bu dabdaba yoki 500 kishilik bazm emasligining jonli misoli bo‘lishadi, degan duodamiz.

Karantindan keyin ham shu xayrli an’anani davom ettirib, isrofni bir chetga surib, to‘ylar qilinsa yaxshi bo‘lardi.