Dam olish kunlari havo harorati +10 darajagacha ko‘tariladi

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun O‘zbekiston hududiga nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning sharqiy hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati kunduzi +5...+10 darajadan, shimolda -2...- 3 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

Ertaga aksariyat hududlar, jumladan, Samarqandda yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kechasi -5....0 darajagacha pasayadi, kunduzi +3...+8 darajani tashkil etadi.

Yakshanba kuni ochiq va quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechasi -5...0 daraja atrofida bo‘lishi saqlanib turadi. Kunduzi +7...+10 darajagacha ko‘tariladi.