Dam olish kunlari qanday havo kuzatiladi?

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga xorijiy janubdan quruq va issiq havoning kirishi davom etadi, deya xabar berdi "O‘zgidromet".

Ushbu kunlar davomida O‘zbekiston hududida ob-havo kam bulutli bo‘ladi. Havo harorati kechasi 8−10 daraja atrofida, kunduzi 23−25 daraja bo‘ladi. Bunday harorat iqlimiy me’yordan 4−5 darajaga yuqoridir.

O‘zbekistonda oktyabr o‘rtasining ob-havosi har xil bo‘ladi. Shunday 2012, 2016 va 2018 yillarda kechasi havo harorati ayozlargacha pasaygan, kunduzi esa termometr ustunchasi 6−8 daraja iliqdan ko‘tarilmagan. 2008, 2010, 2011, 2017 yillarda oktyabr o‘rtasida eng issiq ob-havo kuzatilgan — kunduzi harorat 28−30 darajaga ko‘tarilgan. Oktyabrning shu kunlari uchun maksimal harorat rekordi 32−34 darajani tashkil etadi.