Dam olish kunlari Samarqandga 20 mingdan ziyod xorijlik sayyoh keldi

20-23 mart kunlari Samarqandga 240 ming 670 nafar mahalliy, 20 ming 724 nafar xorijiy sayyoh kelgan.

Viloyat turizm boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, Navro‘z bayrami munosabati bilan dam olish kunlari aholining diqqatga sazovor joylarga sayohatini tashkil qilish maqsadida 10 foizdan 30 foizgacha chegirmalar joriy qilingan.

Xususan, viloyatdagi muzeylar, mehmonxonalar ovqatlanish shoxobchalari tomonidan beriladigan (ixtiyoriy) chegirmalar hamda rejalashtirilgan tadbirlar, ichki turizm yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari ro‘yxati e’lon qilingan.

Buning natijasida Samarqandga 261 ming nafardan ziyod mahalliy va xorijlik sayyohlar kelgan.