Dam olish kunlari Samarqandga 291 ming 900 nafar sayyoh keldi
- 24.03.2026 16:27
- 49
- Sayohat
Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan 20-23 mart (dam olish) kunlari Samarqandga 268 ming 800 nafar mahalliy, 23 ming 100 nafar xorijiy sayyoh kelgan.
Viloyat turizm boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, aholining diqqatga sazovor joylarga sayohatini tashkil qilish va transport xizmatidan foydalanishi uchun chegirmalar joriy qilingan.
Xususan, viloyatdagi muzeylar, mehmonxonalar ovqatlanish shoxobchalari tomonidan beriladigan (ixtiyoriy) chegirmalar hamda rejalashtirilgan tadbirlar, ichki turizm yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari ro‘yxati e’lon qilingan.
Buning natijasida Samarqandga to‘rt kunda 291 ming 900 nafar mahalliy va xorijlik sayyohlar kelgan.
Teglar:
sayyohlar
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Narpayda nima yangiliklar bo‘ladi?
- Bugun, 17:15
- Samarqand
Qizamiq qanday kasallik?
- Bugun, 13:40
- Salomatlik