Daromad baxt va omad
"Daromad baxt omad" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan ushbu issiqxonada 10 nafar ishchi pomidorning ertapishar va eksportbop navlarini parvarishlamoqda.
– "Asaka" bankning Afrosiyob filialidan 700 ming dollar kredit olib, ishni boshlagandik, – deydi jamiyat rahbari Shuhrat Ibragimov. – Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan tejamkor va yuqori samaradorlikka ega zamonaviy uskunalar yordamida har bir ko‘chat alohida parvarishlanadi. O‘tgan yilning sentyabr oyida ekilgan ko‘chatlar hosili yil boshida pishib yetildi. Qisqa vaqtda aholi dasturxoniga 20 tonna mahsulot yetkazib berdik.
***
Suratda: Nodira Uzoqova issiqxonada hosilni terayotgani aks ettirilgan.
Baxtiyor MUSTANOV surat lavhasi.