Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dasturchi Muhammad Bobojonov: "Kompyuterda o‘yin o‘ynashdan ko‘ra uni yaratish qiziqarli"

Muhammad Bobojonov asli Past Darg‘om tumanidan.

U 15 yoshida ota-onasi bilan AQShga ko‘chib ketgach, o‘qishni Meriland shtatidagi davlat maktabida davom ettirdi. Maktabni tugatib, UMBC (University of Maryland, Baltimore County) oliy o‘quv yurtida axborot texnologiyalari yo‘nalishida ta’lim oldi. Ayni paytda u shu shtatdagi “Function Studios” firmasida dasturchi vazifasida faoliyat olib boryapti.

- Axborot texnologiyalari sohasida tajribamni oshirib, Amerikada o‘zimning shaxsiy firmamni ochmoqchiman, - deydi M.Bobojonov. – Kelajakdagi eng katta maqsadlarimdan biri O‘zbekistonda o‘quv markazi ochib, bolalarga kompyuterda o‘yin o‘ynagandan ko‘ra uni yaratish qiziqarli ekanligini ko‘rsatish.