Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklar xaridorgir narxlarda sotilmoqda

Yarmarkalar ayni vaqtda Samarqand shahridagi "Ipak yo‘li" kiyim-kechak bozori va "Shodiyona" savdo majmuasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda arzonlashtirilgan narxda yuzdan ortiq turdagi kiyim-kechaklar, poyabzal, gazlamalar, parfyumeriya, uyali telefon apparatlari, tyuner va boshqa mahsulotlar sotuvga qo‘yilgan.
– Savdo yarmarkalarida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning ijro hujjatlariga asosan, davlat daromadlariga o‘tkazilishi belgilangan jami 14 milliard so‘mdan ortiq tovar-moddiy boyliklar xaridorgir narxlarda savdoga chiqarilgan, – deydi MIB viloyat boshqarmasi bo‘limi katta inspektori Yahyo Beknazarov. – Fuqarolar uchun bozorlardagi muvaqqat yarmarkalardan tashqari Samarqand shahridagi  "Samarqand sharq afsonasi", "Sabo" va "Koop ta’minot" MChJlarga qarashli savdo do‘konlarida ham ushbu mahsulotlarning sotuvi yo‘lga qo‘yilgan. Yarmarkalar davomida fuqarolarga onlayn auksionda qatnashish tartibi haqida ham ma’lumot beryapmiz. Savdo yarmarkalari 25 martgacha davom etishi ko‘zda tutilgan.

Folib ABDUSALOMOV.