DXM xodimlari mahallaga kelib, xizmat ko‘rsatdi
- 30.05.2022 12:21
- 98
- Samarqand
Samarqand shahar davlat xizmatlari markazi hamda shahar nikoh uyi Samarqand viloyati yuridik kolleji o‘quvchilari bilan birgalikda “O‘zimiz keldik” aksiyasini o‘tkazdi.
Viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur aksiya Samarqand shahridagi Hofiz Sheroziy mahallasida o‘tkazilib, unda DXM xodimlari aholi uchun sayyor xizmatlar ko‘rsatdi.
Unda 9 nafar fuqaro uy-joyga muhtojligi, 3 nafari nafaqa miqdori kamligi haqida, 5 nafari moddiy yordam va davolanishda ko‘mak so‘rab murojaat qilgan. 2 nafar fuqaro farzandlari uchun bola puli, 3 nafar fuqaro uy-joylarini ta’mirlash masalasida ko‘mak so‘ragan.
Aksiya davomida aholidan 50 dan ortiq turli masalalarga oid murojaatlar bo‘ldi. Shundan 17 ta murojaat joyida qanoatlantirilib, qolganlari ijroga qaratildi. 20 nafardan ortiq fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa