Davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etiladi
Davlat pensiyalarini tayinlash “Yagona milliy mehnat tizimi” (YaMMT) idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilgan elektron ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Pensiya tayinlashda fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etilishini hisobga olib, Siz tomoningizdan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamlashtirish lozim bo‘ladi.
Ma’lumotlaringizni raqamlashtirilganlik holatini my.mehnat.uz yoki my.gov.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tgan holda tekshirishingiz mumkin.
Mehnat faoliyatini davom ettirayotgan fuqarolar diqqatiga:
Agar Siz bugungi kunda mehnat faoliyatingizni davom ettirayotgan bo‘lsangiz, unda ish joyingizdagi kadrlar bo‘limiga murojaat qilishingiz va mehnat daftarchasi hamda diplom ma’lumotlaringizni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishni talab qilishingiz hamda to‘g‘ri kiritilganligi bo‘yicha tekshirib chiqishingiz so‘raladi.
Mehnat faoliyatini tugatgan fuqarolar diqqatiga:
Agar Siz bugungi kunda mehnat faoliyatingizni davom ettirmayotgan bo‘lsangiz, unda istalgan Bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilishingiz hamda mehnat daftarchangizdagi ma’lumotlarni YaMMT idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish xizmatidan foydalanish huquqiga egasiz.
(Ushbu xizmat bepul amalga oshiriladi.)
Eslatib o‘tamiz, pensiya miqdori ish staji va ish haqiga bog‘liqdir.
Qo‘shimcha savollar bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi “Ishonch telefoni” 11-40 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.