Davlat xavfsizligi xizmati viloyat boshqarmasi boshlig‘i yoshlarning taklif, murojaat va muammolarini tingladi
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Ahmedov Samarqand shahrida yashovchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Unda yoshlar boshqarma boshlig‘iga o‘z murojaat va takliflarini bildirmoqda. Xususan, shaharning Gulobod mahallasida yashovchi Jasmina ismli qizning kutubxona uchun 200 ta kitob so‘rab qilgan murojaati ma’qullanib, unga kitoblar taqdim etiladigan bo‘ldi.
Istiqlol mahallasidan Sitora Sobirova tikuvchilikka o‘qitilib, tikuv mashinasi subsidiya asosida beriladigan bo‘ldi.
Shuningdek, Yoshlar markazida viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan kelgan yoshlar yetakchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi o‘tkazilmoqda.