Davlatlar o‘rtasidagi g‘aroyib chegaralar
Davlat chegarasi – bu davlat hududini, davlat suverenitetining fazoviy chegarasini belgilaydigan chiziq va vertikal sirt.
Bir hududning tugashi va boshqasining qayerdan boshlanishini tushunish har doim ham oson emas: bir joyda bu - daryolar, boshqasida to‘siqlar va yana birida esa faqat yo‘ldagi yozuvlar belgilaydi.
Chegaralar har xil bo‘ladi. Qayerdadir qurollangan chegarachilar, yuklarni tekshiruvchi bojxonachilar, o‘rgatilgan itlar va pasport tekshiruvlari. Qayerdadir bu asfaltdagi yo‘lak, yo‘lda va hatto binoning markazidagi bayroq. Keling, yaxshisi, hozirgi paytda ayrim davlatlar chegaralarining qanday ko‘rinishda ekani haqidagi ma’lumot va rasmlar bilan tanishing.
Kanada va AQSh chegarasi
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanada o‘rtasidagi chegara dunyodagi eng uzun qo‘riqlanadigan chegaralardan biri hisoblanadi. Bojxona nazorati ikki davlat o‘rtasidagi faqat eng katta yo‘llarda amalga oshiriladi. Qishloq joylarida, dala va o‘rmonlarda bojxona nazorat punktlari yoki chegara to‘siqlari mavjud emas.
Germaniya, Chexiya va Polsha chegaralari
Germaniyaning bir nechta shaharlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shni davlatlar bilan chegarada joylashgan bo‘lib, ularning ba’zilari chet el shaharlaridan faqat daryo yoki hatto bitta ko‘cha bilan ajralib turadi.
Ispaniya i Portugaliya chegarasi
Ikki davlat o‘rtasidagi chegara 1214 kilometrga cho‘zilgan va bu chegara mana bunday ko‘rinishga ga.
Slovakiya, Avstriya va Vengriya chegarasi
Slovakiya, Vengriya va Avstriya o‘rtasidagi davlat chegaralari ushbu mamlakatlar aholisi uchun cheklovsiz ochiq.
Niderlandiya va Belgiya chegarasi
Niderlandiya va Belgiya o‘rtasidagi Barle nomli qishloq dunyodagi eng munozarali va chalkash chegara hisoblanadi. Butun qishloq Gollandiya bilan o‘ralgan, lekin uning 26 alohida hududi Belgiyaga tegishli. Sayyohlarni chalg‘itmaslik uchun chegara ko‘chalarining o‘rtalarida oq rangli xoch belgilari qo‘yib chiqilgan. Shu tarzda Belgiyada yoki Niderlandiyada bo‘lganligingizni aniqlab olasiz.
Xitoy va Nepal chegarasi
Dunyodagi eng baland tog‘ – Everest cho‘qqisi ikkita kichik suveren davlat chegarasida joylashgan.
Shveysariya va Italiya chegarasi
Shveysariyaning Italiya bilan chegarasi Shveysariya chegarasining umumiy uzunligining deyarli yarmiga to‘g‘ri keladi. Konfederatsiya Italiya bilan nafaqat quruqlik, balki suv orqali ham chegaradosh.
Polsha va Ukraina chegarasi
Ikki Yevropa davlatlari chegarasining ushbu qismi har yili o‘tkaziladigan mahalliy san’at festivali oldidan bezatiladi.
Shvetsiya va Finlandiya chegarasi (suratda)
Avstraliyaning boshqa har qanday davlat bilan bo‘lgan chegarasi
Avstraliya okeanlar va dengizlar bilan o‘ralgan bo‘lib, g‘arbda Hind okeani, janubda Tinch okeani, shimoliy-sharqda Marjon dengizi, shimolda Arafura dengizi, Timir dengizi va Arpeteriya ko‘rfaziga tutashadi.
Braziliya va Urugvay chegarasi
Piyodalar chegara yo‘li bo‘ylab to‘g‘ri harakatlanadi.
Norvegiya va Shvetsiya chegarasi
Suratda ushbu davlatlar chegarasidagi Svinesund ko‘prigi.
Xitoy va Mug‘uliston chegarasi
Bu yerda shunchaki «o‘pishayotgan» dinozavrlar haykali qad rostlagan. Qiziq-a!
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.
Manba: dolci.pw