Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida vaziyat barqarorlashgani ma’lum qilindi
Bugun 28 yanvar kuni ertalab Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot markazi rasmiy bayonot berib, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegarasidagi vaziyat Tojikistonning So‘g‘d viloyati rahbari va Qirg‘izistonning Botken viloyati gubernatori o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng barqarorlashganini ma’lum qildi.
Avval xabar qilinishicha, kechasi taxminan soat 18:40 da O‘sh-Botken trassasida Tojikistonning Somoniy va Xoji Alo qishloqlari hududida tojik-qirg‘iz chegarasida tojik va qirg‘iz chegarachilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv kelib chiqdi. Natijada 2 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi (olti nafar harbiy va to‘rt nafar tinch aholi) jarohatlangan.
Otishmaga Botken-Isfana avtomobil yo‘lining bir qismida ikki davlat aholisi o‘rtasida kelib chiqqan mojaro sabab bo‘lgan. Vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga urinish muvaffaqiyatsizlikka uchragan va ikki tomon chegarachilari qurol ishlatgan. Qirg‘iziston tomoni mojaro hududidan aholining bir qismini evakuatsiya qilishga majbur bo‘lgan.
Mojaro tomonlari o‘rtasidagi muzokaralar bugun huquq-tartibot idoralari vakillari va chegaradosh viloyatlar raislari ishtirokida davom etdi.
Ikki tomonlama tegishli tuzilmalar qo‘shma komissiyasi chegaradagi mojaro sababini o‘rganmoqda, chegara xizmati vaziyatni nazorat qilmokda.