Deputatlar kam ta’minlangan oilalar muammolarini o‘rgandi

Urgut tumanidagi 34-umumta’lim maktabida 58-Jozmon saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Ixtiyorov, 24-Ibn Sino saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Qo‘ysinov fuqarolarning muammolarini o‘rgandi.

Deputatlik so‘rovi asosida aniqlangan asosiy muammolar – yo‘lni ta’mirlash, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish, elektr energiyasi, gaz va suv masalasi bo‘lib, ularning hal etilishi bo‘yicha deputatlar mutasaddi tashkilot rahbarlariga murojaat qilishlarini bildirdi.

Bundan tashqari, deputatlar Jozmon qishlog‘idagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va notinch oilalarga ham tashrif buyurib, ularni qiynab kelayotgan masalalar bo‘yicha suhbatlashdi.