Deputatlar Nozim Husanovning nomzodini Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ma’qulladi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Husanov Nozim Baxtiyorovich nomzodini ma’qulladi.

Nozim Husanov bunga qadar Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlanganligi munosabati bilan ushbu lavozim vakant bo‘lib turgan edi.