Derazadan uloqtirilgan millionlar: chechen qishloqlaridan birida yig‘ilgan pul Moskvada o‘g‘irlandi
Poytaxtdagi mehmonxonalardan birining derazasidan ichida 21 million rubl pul bo‘lgan sumkani ko‘chaga uloqtirib, so‘ng uni olib qochishdi, deb xabar beryapti Baza telegram kanali.
Ushbu ajablanarli ish ishtirokchilari, millati chechen bo‘lgan Abdul-Ali va yana ikkita moskvalik o‘g‘rilar bilan Moskva huquqni himoya qilish organlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Xabar muallifiga ko‘ra, Abdul-Ali chechen qishlog‘ida tug‘ilgan. Unga shu qishloq ahli 21 million rublni Moskvaga olib borib berishni ishonib topshirishgan. Qishloq ahli o‘sha pulni Moskvaga nima maqsadda berib yuborganlari tafsiloti hali aniq emas. Faqat shunisi ma’lumki, Abdul-Ali pulni "Marko Polo" mehmonxonasiga olib borib berishi lozim edi.
Abdul-Ali shu yerda bir ayol va bir erkak bilan uchrashgan. Qisqa suhbatdan so‘ng erkak Abdul-Alini elektroshoker bilan tushirib qoladi va o‘rtada mushtlashuv boshlanadi. Bu paytda esa ayol pul solingan sumkani derazadan pastga irg‘itadi va tushib uni olib noma’lum tomonga qochib bekinadi. Abdul-Ali esa raqibini do‘pposlab yaralaydi, ammo ushlab qololmaydi.
Jarohat olgan bosqinchi biroz o‘tib kasalxonaga boradi va o‘sha yerda politsiya uni qo‘lga oladi. Dastlabki tergovda u ayolning ism-sharifini ham, uning qayerda yashiringanini ham bilmasligini aytgan. Politsiya surishtiruvni davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda Rambler.