Dezinfeksiya ishlarini olib borish uchun jihozlar va texnikalar bojxona to‘lovlaridan ozod etildi
- 30.05.2020 10:15
- 74
- O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 mayda “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi.
Unga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvarga qadar yuridik shaxslar belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan dezinfeksiya ishlarini olib borish uchun jihozlar, texnikalar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun aloqasiz boshqariladigan (sensorli) jihozlar, shuningdek, hidsiz dezinfeksiyalovchi vositalar uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar va qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari) ozod etildi.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.