Dildan ketmaydigan chandiq
Bir serjahl, o‘zini tuta olmaydigan yigit bor ekan. Otasi unga bir xalta mix beribdi va g‘azabini tuta olmasa, har safar devor ustuniga bittadan mix qoqishni tayinlabdi.
Birinchi kun ustunga o‘ntalab mix qoqildi. Kelasi hafta u o‘z g‘azabini bosishni o‘rgana boshladi va kunma-kun ustunga qoqiladigan mixlar soni kamaya bordi. Yigit tushundi: o‘z mijozini nazorat qilish, mix qoqishdan osonroq .
Bora-bora u bir matra ham o‘zini yo‘qotmaydigan bo‘ldi. Buni otasiga aytdi. Otasi, agar o‘g‘li kuni bo‘yi achchig‘lanmasa, kun oxirida ustundan bir mix sug‘urib olishi mumkinligini aytdi.
Vaqt o‘tdi va shunday kun keldiki, yigit otasiga ustunda bitta ham mix qolmaganini aytdi. Otasi o‘g‘lini qo‘lidan tutib ustun oldiga olib keldi:
- Sen ishni yaxshi uddalading, lekin ustunda qancha teshik qolganini ko‘rayapsanmi? Ustun endi hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi. Sen birovga jahl ustida yomon gapirsang, uning dilida shunday chandiqlar qoladi va sen keyin necha marta kechirim so‘rasang ham, ahamiyati yo‘q.
“Hikmatlar javohiri” kitobidan.