Keksa kuychi

Uzoq o‘tmishda bir xon yashagan ekan. Uni­ng ov qilishni yaxshi ko‘radigan yakka-yolg‘iz o‘g‘li bor ekan.

Kunlarning birida bola kulonlar o‘tlab yuradigan ko‘l yoniga kelibdi. Ovchi kamonidan uzilgan o‘q kulonlar­ning biriga tegibdi. Bundan talvasaga tushgan boshqa kulonlar podasi qochayotib, ovchi bolani oyoqlari ostida toptab tashlabdi.

Xon farzandi ovdan qaytmagani uchun xavotir ola boshlabdi. U o‘g‘lini izlab topishga buyruq berib: «Agar kim o‘g‘limni o‘lgani haqida xabar keltirib, ko‘nglimni tinchitmoqchi bo‘lsa, men uning quloqlariga qaynatilgan qo‘rg‘oshin quyaman», deya ogohlantiribdi.

Bunday shum xabarni xonga yetkazishga hech kimning haddi sig‘mabdi. Faqat keksa kuychi Ko‘r Bo‘g‘agina do‘mbirasi bilan qo‘shiq aytib, bu holni bayon qilishga jazm qilibdi.

Dono chol xon huzuriga kelib kuylay boshlabdi: «Yarador kulon toqqa qochib ketdi. Ovda o‘g‘ling Jo‘chixonni kuni bitdi...».

Xon bu xabarni eshitib keksa kuychiga o‘shqirdi: «Ovozini o‘chir do‘mbirangni! Eshi­tishni istamayman qo‘shig‘ingni! Qulog‘ingga qo‘rg‘oshin quyaman!».

Keksa Ko‘r Bo‘g‘a bu gapga ham javob topdi: «Agar bu ishni adolat yuzasidan qilmoqchi bo‘lsang, unda qo‘rg‘oshinni do‘mbiramga quy! Agar qaysarlik otiga mingan bo‘lsang – qulog‘imga».

Xon do‘mbirada o‘yiq hosil qilib, unga qaynab turgan qo‘rg‘oshinni ag‘daribdi.

O‘sha voqea sababmi, shundan buyon do‘mbiraning bag‘rini o‘yishadi.