"Dinamo" kechagi sensatsion g‘alabadan so‘ng: "Maqsad kubokni qo‘lga kiritish"

Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston kubogi uchun navbatdagi o‘yinda Samarqandning “Dinamo”  klubi “Paxtakor” ustidan g‘abala qozonib, chorak finalga chiqdi.  

Murosasiz kechgan uchrashuvning birinchi bo‘limida “Dinamo” futbolchilari Fransis Narx, Abubakir Muydinov va Kojo Joel tomonidan “Paxtakor” darvozasiga javobsiz uchta gol kiritildi - 3:0.

Ikkinchi bo‘limning 59 va 81-daqiqalarida “Paxtakor” hujumchisi Dragan Cheran bu gollarga o‘zining dubli bilan javob qaytardi - 3:2.

O‘yinda shu hisob o‘zgarishsiz qoldi va Vadim Abramov shogirdlari O‘zbekiston kubogining chorak finaliga chiqdi.

Endi musobaqa chorak finali uchun qur’a kutilmoqda va "Dinamo" vakillari g‘oliblik uchun kurashishini aytmoqda.