Diqqat, O‘zA Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatida

Диққат, ЎзА Олий аттестация комиссияси рўйхатида

Ilmiy ish olib borayotgan, doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish niyatida yurgan yurtdoshlarimizga OAK ro‘yxatidagi OAVlar soni yana bittaga ko‘payganini ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining qaroriga binoan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.

Bundan buyon O‘zA veb-saytida filologiya, tarix, iqtisodiyot, yuridik, falsafa, tibbiyot va texnika fanlari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda e’lon qilingan ilmiy maqolalar (kamida (0,25 b.t.) OAKda hisobga olinadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, bo‘lajak doktorlik dissertatsiyalari himoyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi veb-saytida e’lon qilish amaliyoti 2019 yilning 1 aprelidan boshlab joriy etildi.

Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining mazkur qarorlari OAK veb-saytining (www.oak.uz) yangiliklar va matbuot bo‘limlarida joylashtirilgan.

O‘zA.